O‘zbekistonda mobil elektr stansiyasi ishlab chiqildi
Texnologiya
−
11 dekabr 2020 7058 1 daqiqa
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi xalqaro quyosh energiyasi instituti olimlari mobil gibrid quyosh-yoqilg‘i elektr stansiyasi ishlab chiqildi. Bu haqda FA Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur qurilmadan avtonom elektr ta’minoti va suv ta’minoti tizimlarida foydalanish mumkin. Shuningdek, qurilmani chekka aholi yashash punktlarida va mamlakat xo‘jaliklarida tomchilatib sug‘orish tizimlarida ishlatsa bo‘ladi. Elektr stansiyasidan avtomobilga tirkama sifatida foydalanib, uni joyini o‘zgartirish mumkin. Stansiya quyosh energiyasida ham, benzinda ham ishlaydi.
Aytilishicha, mobil elektr stansiyasining afzalligi shundaki, u smartfon ilovasi yordamida masofadan turib boshqarilishi mumkin.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025