O‘zbekistonda qayerlik talabalar eng ko‘p tahsil olyapti?

Jamiyat

image

2024/2025 o‘quv yili boshiga ko‘ra, O‘zbekistonda joylashgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning davlatlar kesimidagi soni quyidagicha:

Hindiston – 6502 nafar;
Turkmaniston – 1430 nafar;
Pokiston – 1250 nafar;
Rossiya Federatsiyasi – 732 nafar;
Qozog‘iston – 639 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi – 369 nafar;
Xitoy – 325 nafar;
Tojikiston – 322 nafar;
Koreya Respublikasi – 197 nafar;
Afg‘oniston – 157 nafar;
Kanada – 126 nafar;
Boshqalar – 431 nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng ko‘p xorijiy sayyohlar Qozog‘istonga – 15,3 million kishi tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

talaba O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing