O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish ko‘paydi
Jamiyat
−
20 Sentabr 2021 11563 1 daqiqa
2021 yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 729,4 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,1 foizga oshgan.
Oylar kesimida avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi:
• yanvar – 93,9 ming tonna
• yanvar-fevral – 185,3 ming tonna
• yanvar-mart – 291,3 ming tonna
• yanvar-aprel – 368,6 ming tonna
• yanvar-may – 456,2 ming tonna
• yanvar-iyun – 546,5 ming tonna
• yanvar-iyul – 632,2 ming tonna
• yanvar-avgust – 729,4 ming tonna
Live
Barchasi