O‘zbekistonda 4 ming km magistral yo‘llar avtobanga aylantiriladi
Jamiyat
−
19 fevral 11249 1 daqiqa
O‘zbekistonda uzunligi 4 ming km magistral yo‘llar xalqaro talablarga mos avtobanlarga aylantiriladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 16 fevral kungi farmoni bilan tasdiqlangan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, joriy yilda Andijon bilan Qo‘ng‘irotni, Toshkent bilan Termizni, Samarqand bilan Shahrisabzni, Olot bilan Sariosiyoni bog‘laydigan uzunligi 4 ming km magistral yo‘llarni xalqaro talablarga mos “avtoban”larga aylantirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, umumiy foydalanuvdagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi 220 km hamda 80 km mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilinadi. Bu orqali yo‘lning kunlik o‘tkazish qobiliyati ortadi, avtotransportdan o‘qqa tushadigan yuklamani ko‘tarish darajasi 13 tonnaga oshishi, harakat vaqti 6 soatga va ekspluatatsiya xarajatlari 2 barobar ta’minlanadi.
Ma’lumot uchun, avtoban (olmoncha Autobahn) – bu yuqori tezlikda harakatlanish uchun mo‘ljallangan, qarama-qarshi yo‘nalishlari o‘zaro ajratilgan va boshqa yo‘llar bilan bir sathda kesishmaydigan maxsus avtomagistral.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri yo‘llarining 816 ming 23 metr kvadrat qismi qayta ta’mirlanishi, asosiy ishlar ob-havo barqarorlashgach, taxminan mart oyining birinchi o‘n kunligida boshlanishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi