O‘zbekistonda 3 oyda 346 ta YTH o‘lim bilan yakunlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning uch oyi davomida O‘zbekistonda 1 102 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularning 31,4 foizi (346 ta) inson o‘limi bilan yakunlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisalarining 13,6 foizi haydovchilar tomonidan piyodaga yo‘l bermaslik, 32,9 foizi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik, 4,2 foizi haydovchini harakat vaqtida uxlab qolishi va 22,4 foizi svetoforning talablariga amal qilmaslik oqibatida sodir bo‘lgan.

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligining birinchi bosqichida jami 43 931 ta tezkor-qidiruv va profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, 4 009 ta giyohvandlik, 4 789 ta uyushgan jinoyatchilik, 25 475 ta korrupsiya va 6 348 ta terrorizmga qarshi kurashish yo‘nalishida noqonuniy holatlar aniqlangan.

Shuningdek, jami 489,7 kg giyohvandlik, qariyb 308 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olinib, 1 541 tup tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan o‘simlik yetishtirilayotganligi aniqlangan va barchasi o‘rnatilgan tartibda musodara qilingan. Shuningdek, uyushgan jinoiy guruh va shaxslardan 457 ta qurol, 6 584 dona o‘q-dorilar olinib, sodir etilishi mumkin bo‘lgan mudhish holatlarga barvaqt chek qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 8 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing