O‘zbekistonda 2,5 mlrd dollarlik mis eritish zavodi quriladi
Jamiyat
−
12:39 1382 1 daqiqa
Qiymati 2,5 milliard dollarlik yangi mis eritish zavodini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Mazkur korxonada ham mingdan ziyod ish o‘rinlari bo‘ladi. Bu haqda bugun, 16 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimida aytildi.
Umuman, ushbu ikkita yirik quvvatlar hisobiga mis katodi ishlab chiqarishning yillik hajmi 300 ming tonnaga, oltin 33 tonnaga, kumush 203 tonnaga, molibden 1,7 ming tonnaga yetadi.
Shu bilan birga, uran qazib olish va kimyo sanoati uchun zarur xomashyo bo‘lgan sulfat kislotasi ishlab chiqarish 3 karra oshadi.
Bu yiliga kombinatga qo‘shimcha 5 milliard dollar tushum degani.
Prezident kombinat bo‘yicha hali rejalar katta ekanini ta’kidlagan. Yuqorida aytilgan ko‘rsatkichlarni yana 1,5 karra oshirishga xizmat qiladigan 4-mis boyitish fabrikasi bo‘yicha loyihaoldi ishlari jadal ketayotgani qayd etilgan.
Ushbu yangi loyihalar ishga tushganida Olmaliq kombinati mis ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi uchta eng yirik kompleksdan biriga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Yoshlik-1“ va “Qalmoqqir” konlarida 45 million tonna mis, 5 ming tonnadan ziyod oltin zaxirasi borligi haqida aytilgandi.
Live
Barchasi