O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr maydonga necha kishi to‘g‘ri keladi?
Jamiyat
−
28 Oktabr 2025 8717 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2025 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, 1 kvadrat kilometr maydonga o‘rtacha 84,8 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 kishiga ortgan.
Yillar kesimida O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr maydonga to‘g‘ri keladigan aholi zichligi 1 oktyabr holatiga ko‘ra, 2021 yilda 78,1 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda 79,8 kishiga yetgan. 2023 yilga kelib zichlik 81,5 kishini, 2024 yilda esa 83,2 kishini tashkil etgan. 2025 yilda esa 1 kvadrat kilometr maydonga 84,8 kishi to‘g‘ri kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi soni 38 mln 069,1 ming kishiga yetgandi.
Live
Barchasi