O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘ladi
Jamiyat
−
18 mart
1767O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishi mumkin. Shuni nazarda tutuvchi qonun loyihasi bugun, 18 mart kuni Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Yevrosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi Bitimga (Ostona, 2006 yil 12 yanvar) qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
“Bitimning asosiy maqsadi – investitsiya faoliyati orqali unga qo‘shilgan ishtirokchi davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga va ular o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga ko‘maklashishdir.
Mazkur hujjatga ko‘ra, ushbu bank o‘z faoliyatini xalqaro shartnomalar, xalqaro huquq, umume’tirof etilgan bank faoliyati tamoyillari va me’yorlariga muvofiq amalga oshirishi, shuningdek, Bank nizomi ushbu Bitimga ilova qilingan holda tasdiqlanishi nazarda tutilgan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Bank Nizomida Yevrosiyo taraqqiyot banki faoliyati, maqsad va vazifalari, funksiyalari, imtiyozlari, ustav kapitali va unga obuna bo‘lish shartlari hamda Bank boshqaruviga oid tartib-qoidalar belgilangan.
Bundan tashqari, Yevrosiyo taraqkiyot banki ishtirokchi davlatlarning iqtisodiyoti va moliyaviy bozorlari holati, ularning investitsiya imkoniyatlari, pul-kredit va valyuta munosabatlari, bank va valyutani tartibga solish sohasidagi qonunchilik normalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashi, tizimlashtirishi va tahlil qilishi belgilanmoqda.
Qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonning Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishi uchun huquqiy asos yaratishga, uning faoliyati doirasida to‘liq va samarali ishtirok etish huquqini ta’minlashga, shuningdek, Bankga a’zo davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga ko‘maklashishga, savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish va investitsiya faoliyati orqali Yevrosiyo hududida integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart
Trenddagilar

