O‘zbekiston yana bir davlat diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Jamiyat
−
30 noyabr 2021 8203 1 daqiqa
Kuni kecha ikki davlat vakillari diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzoladi.
Kecha, 29 noyabr kuni O‘zbekiston Panama bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Panama o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatga O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibrohimov va Panamaning BMTdagi doimiy vakili, elchi Markova Konsepsion Jaramilla imzo qo‘ygan. Shu tariqa O‘zbekiston bilan diplomatik munosabat o‘rnatgan davlatlar 138 taga yetdi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasida aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini tasdiqlagan. Hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlari, jumladan, 3 noyabrdan buyon O‘zbekiston doimiy kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan Amerika davlatlari tashkiloti doirasida ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Ta’kidlanishicha, Panama bilan mazkur hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston so‘nggi bor joriy yilning 14 may kuni Dominika Hamdo‘stligi bilan ham diplomatik munosabatlar o‘rnatgan edi.
Doston Iskandarov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025