O‘zbekiston shaharlariga “svet” qaytmoqda
Jamiyat
−
25 yanvar 2022 19336 1 daqiqa
O‘zbekistonda elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Hududlarda elektr ta’minoti tiklanmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xodjikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.
Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida elektr ta’minoti tiklanmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.
QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minoti tiklangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr