Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakam boşqaradi
Sport
−
19:43 829 1 daqiqa
Joriy yilning 12 noyabr kuni bölib ötadigan Özbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuviga hakamlar tayinlandi. Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga köra, Özbekiston futbol assotsiatsiyasining taklifiga binoan mazkur bahsda tojikistonlik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi.
Uçraşuvda FIFA referisi Gulmurodi Sa’dullo boş hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda FIFA assistentlari Hasan Karimov va Farhod Quralov yordam beradi.
Ma’lumot uçun, Özbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvi joriy yilning 12 noyabr kuni Toşkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida bölib ötadi. Bahs soat 20:00 da boşlanişi belgilangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq uşbu yiğin uçun Özbekiston milliy terma jamoasining qaydnomasi e’lon qilingandi.
Live
Barchasi