O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarining yarim finaliga chiqdi
Sport
−
01 Oktabr 2023 10864 1 daqiqa
Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2:1 hisobda Saudiya Arabistoni jamoasini mag‘lub etdi. Bu haqda Xanchjou shahrida bo‘lib turgan QALAMPIR.UZ jurnalisti xabar berdi.
O‘yinning 24 daqiqasida O‘zbekiston jamoasidan Saidazamat Mirsaidov Saudiya darvozasiga ilk golni kiritdi. 44 daqiqada esa Alisher Odilov ham Saudiya Arabistoni darvozasini ishg‘ol etdi.
Saudiya jamoasidan esa Marran 66 daqiqada gol kiritdi va hisobni 2:1 ga keltirdi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ushbu g‘alaba orqali yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr