O‘zbekiston Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan tugatdi

Sport

image

Kecha, 9 fevral kuni yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootdagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Xitoy mezbonligida bo‘lib o‘tgan Osiyo birinchiligida O‘zbekistonlik atletlar 4 ta medal musobaqani yakunladi.

Xitoyning Tyanszin shahridagi Osiyo chempionatining so‘nggi kun bahslarida Valeriya Gorbatova balandlikka sakrashda oltin, Saboxat Samijonova 800 metr masofaga yugurish dasturida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, avvalgi kun dasturlarida Sharifa Davronova uch hatlab sakrash, Jonbibi Hukmova 400 metr masofaga yugurish dasturida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootdagi Osiyo chempionati musobaqani 3 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan yakunladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Osiyo chempionati Sharifa Davronova Saboxat Samijonova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing