O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “Doha Cup 2023”da qatnashmaydi
Sport
−
06 mart 2023 6608 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarda o‘tkaziladigan “Doha Cup 2023” musobaqasida ishtirok etmaydi. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Mart oyidagi FIFA kunlarida olimpiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Doha Cup 2023” tashkilotchilari turnir ishtirokchilari ro‘yxatini tasdiqladi. Ishtirokchilar orasida O‘zbekiston yo‘q.
Bahslarda Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA, Janubiy Koreya, Tailand, Vetnam, Quvayt, Qirg‘iziston, Iroq va Ummon olimpiya terma jamoalari ishtirok etadi.
Turnirda ishtirok etish uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga ham taklif yuborilgan, biroq tashkilotchilarga ko‘ra, assotsiatsiya juda kech ishtirok etishga roziligini ma’lum qilgan. Shu bois O‘zbekiston o‘rniga Qirg‘iziston jamoasi musobaqada qatnashadi.
Live
Barchasi