O‘zbekiston-Qatar o‘yiniga chiptalar qachondan chiqarilishi aytildi
Sport
−
03 iyun 2025 4250 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 10-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qatar terma jamoasini qabul qiladi. Ushbu o‘yinga chiptalar bugun, 3 iyun kuni sotuvga chiqariladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, chipta sotuvchi kompaniya va O‘FA huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda, avvalgi o‘yinlar tajribasidan kelib chiqib, firibgarlik va chiptalarning qalbakilashtirishning oldini olish maqsadida faqat oflayn savdo tartibini joriy etadi.
Chiptalar bugun, 3-iyundan boshlab “Humo Arena”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionlaridagi kassalarda oflayn tarzda sotiladi.
Ma’lumot uchun, 2026 yil AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 iyun kuni Birlashgan Arab Amirliklariga, 10 iyun kuni esa Toshkentda Qatarga qarshi maydonga tushadi. Temur Kapadze qo‘l ostidagi jamoa A guruhida 17 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Agar jamoa BAAga qarshi o‘yinda bir ochko qo‘lga kiritsa, muddatidan avval mundial masalasini hal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur chiptalarning faqat oflyan sotilishi shaklda sotilishi e’lon qilingan edi.
Live
Barchasi