O‘zbekiston boks jamoasi “Kichik Jahon chempionati”ga jo‘nab ketdi
Sport
−
18 fevral 2023
613419-26 fevral kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks olamida katta nufuzga ega “Stranja” an’anaviy 74-Xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Turnirda o‘zbekistonlik bokschilar ham ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bahslarda jahonning ko‘plab mamlakatlaridan bokschilar medallar uchun kurash olib boradi. Bu safargi musobaqaga O‘zbekiston jamoasi katta tarkib bilan yo‘l olgan. Jamoa tarkibida jahon va Olimpiada chempioni Bahodir Jalolovni ham ko‘rish mumkin.
Shuningdek, Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi Hasanboy Do‘smatov, 2019 yil Yekaterinburg mezbonlik qilgan Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Mirazizbek Mirzahalilov ham “Kichik Jahon chempionati” deya ta’rif beriladigan mazkur turnirda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.
Tarkib:
-48 kg: Nodirjon Mirzaxmedov;
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev;
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov;
-51 kg: Asilbek Jalilov;
-54 kg: Shaxzod Muzaffarov;
-54 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov;
-57 kg: Abdumalik Xalakov;
-60 kg: Shunqor Abdurasulov;
-60 kg: Atxamjon Muhiddinov;
-60 kg: Dilshod Abdumurodov;
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev;
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov;
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev;
-67 kg: Bekzod Hamidov;
-71 kg: Iqboljon Xoldorov;
-71 kg: Saidjamshid Jafarov;
-71 kg: Nurislom Ismoilov;
-75 kg: Havasbek Asadullayev;
-75 kg: A’loxon Abdullayev;
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev;
-80 kg: Odiljon Aslonov;
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev;
-86 kg: Shohjahon Abdullayev;
-86 kg: Temurxon Sobirov;
-92 kg: Lazizbek Mullojonov;
-92 kg: Madiyar Saidrahimov;
+92 kg: Bahodir Jalolov.
Qizlar:
-48 kg: Saida Rahmonova;
-52 kg: Nozimaxon Bulturova;
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova;
-63 kg: Xadichabonu Abdullayeva.
Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev
Murabbiylar: Rahmatjon Ro‘zioxunov, Xuan Enrike Tissert, Xulio Li, Hamza Avazov, Akmal Hasanov, To‘lqinboy Turg‘unov, Davron G‘afurov.
Fizioterapevt: Xesus Alberto
Shifokor: Komiljon Rasulov.