O‘zbekiston 10 oyda eng ko‘p qaysi davlatlardan mashina import qilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
22 noyabr 2022 10667 1 daqiqa
Joriy yilning yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston 27 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 10 oyda eng ko‘p Xitoydan yengil avtomobil sotib olingan.
O‘zbekiston eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 9332 ta;
- Koreya – 7600 ta;
- Qozog‘iston – 5717 ta;
- Rossiya – 1443 ta;
- AQSH – 475 ta;
- BAA – 127 ta;
- Yaponiya – 122 ta;
- Germaniya – 111 ta.
Shuningdek, 2022 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 635,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 25 048 ta yengil avtomobil import qilgan. Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 3 896 taga oshgan.
Bundan tashqari, xorijdan qiymati 55,4 mln dollarga teng bo‘lgan 1 749 dona elektromobil import qilingan.
Live
Barchasi