O‘zbek bokschisi WBC Silver kamarini himoya qila olmadi. Bu uning ilk mag‘lubiyati

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Azizbek Abdug‘ofurov Rossiya poytaxti Moskva shahrida tashkil etilan jang oqshomida mag‘lubiyatga uchradi. Unga rossiyalik Pavel Silyagin raqiblik qildi.

Ushbu bahsda Azizbek Abdug‘ofurovga tegishli WBC Silver kamari o‘rtaga qo‘yilgandi. 

Moskvadagi 12 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va g‘olib ochkolar evaziga aniqlandi. Jang yakuniga ko‘ra, Pavel Silyagin 120-108, 119-109, 119-109) hisobida g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, Silyaginga boy berilgan bahs Azizbek Abdug‘ofurov faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat sifatida yozildi. O‘zbekistonlik bokschi o‘zining WBC Silver kamarini Pavel Silyaginga boy berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing