O‘rta Chirchiqda xonadon portladi. 4 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi xonadonda portlash sodir bo‘lgani va oqibatda 4 kishi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Murod Sodiqov bilan bog‘landi.

Uning bildirishicha, kecha, 16 aprel kuni kechasi “O‘rta Ovul” MFYdagi xonadonda yong‘in yuz bergan va oqibatda bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘lgan. FVV xodimlari voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etgan. Biroq FVV rasmiysi portlash sodir bo‘lganini tasdiqlamadi, inkor ham etmadi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1996 yilda tug‘ilgan erkak va uning uch nafar farzandi portlashdan so‘ng kelib chiqqan yong‘inda halok bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i hamda onasi og‘ir ahvolda shifoxonada qolmoqda.

Hozircha fojianing sabablari noma’lum. Voqea joyida tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi gaz quyish shoxobchalaridan birida portlash sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 2 fuqaro kuyish tan jarohatini olgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in portlash O'rta Chirchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing