Usmonov kompaniyasi “Ohangaronsement” aksiyalarining yirik paketini sotib oldi
Jamiyat
−
26 yanvar 2022
5333Asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli “USM” xolding kompaniyasi “Ohangaronsement” AJning (Oxangaron, Toshkent viloyati) 98,6 foiz ulushini sotib oldi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi.
“Akkerman Sement” MCHJ (Rossiya)ning sho‘ba korxonasi bo‘lgan “Akkerman Sement SA” MCHJ (O‘zbekiston) “Ohangaronsement” AJning 98,6 foiz ulushini sotib olgan.
Ma’lum qilinishicha, bitim Rossiya kompaniyasining strategik moliyaviy hamkori bo‘lgan “Gazprombank”dan moliyalashtirishni jalb qilgan holda amalga oshirilgan.
Aytish joizki, yanvar oyi o‘rtalarida “Lamanka Enterprises Limited” (Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan) va “Giacinttar Limited” (Britaniyaning Virjiniya orollari) “Toshkent” respublika fond birjasi (RFB) saytida “Ohangaronsement” aksiyadorlik jamiyatining 84,3 va 14,1 foiz aksiyalari sotilgani haqida xabar bergan edi.
Birja ma’lumotlariga ko‘ra, bitimlarning umumiy qiymati 1,89 trillion so‘mni (taxminan 175 million dollar) tashkil qilgan.
O‘tgan yil may oyida “Lamanka Enterprises Limited” “Eurocement Holding AG”ga tegishli “Ohangaronsement”ning 84,19 foiz ulushini 53 million dollarga sotib olgan.
Ma’lumot o‘rnida, “Oxangaronsement” 1961 yilda tashkil etilgan bo‘lib, respublikadagi ikkinchi yirik sement zavodidir. Ishlab chiqarish quvvati “ho‘l” ishlab chiqarish usuli bo‘yicha 1,9 million tonna sementni tashkil qiladi (O‘zbekistondagi umumiy quvvatning qariyb 20 foizi).
LiveBarchasi