Uning hikoyasida voqealar o‘zgaryapti – Bred Pittning vakili Jolining ayblovlariga javob qaytardi
Madaniyat-san’at
−
08 Oktabr 2022
5247Bred Pitt tomonidan Jolining ayblovlari rad etildi
Avvalroq, aktrisa Anjelina Joli sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pittni oilaviy zo‘ravonlikda va farzandlariga qo‘l ko‘tarishda ayblagani haqida xabar bergan edik. Gollivudda ko‘tarilgan shov-shuvlardan so‘ng aktyorning vakillari va advokati voqea yuzasidan CNN nashriga o‘z munosabatini bildirdi.
Qayd etilishicha, Pittning vakili Jolining aytganlari haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini aytgan.
“Anjelina Joli har safar o‘z hikoyasini aytganida, voqealar o‘zgarishda davom etmoqda. Bred qilgan ishi uchun allaqachon javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, lekin u qilmagan ishlari uchun javob bermaydi”, deydi vakil.
O‘z navbatida shov-shuvlarga aktyorning advokati Enn Kili ham munosabat bildirgan va Joli tarqatayotgan mish-mishlar sud qarorlariga tasir ko‘rsatmayotganiga urg‘u bergan.
“So‘nggi olti yil ichida, turli davlat organlari qarorlarni mustaqil qabul qildi. Bred sudda doimgidek javob berishda davom etdi”, deydi u.
AQSH Federal qidiruv byurosi matbuot kotibi Laura Eymillerning ma’lum qilishicha, FQB holat yuzasidan qo‘shimcha tergov olib bormaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Gollivud yulduzlari 2019 yilda rasman ajrashgan bo‘lsa-da, hali ham farzandlarining kelajagi masalasini hal qilishmagan. Juftlikning olti nafar farzandi bo‘lib, ulardan uch nafari asrab olingan. Sud jarayonlari o‘z yakuniga yetguniga qadar farzandlar onasi qaramog‘ida qolmoqda.
LiveBarchasi