Umra safariga ketgan ikki o‘zbekistonlik Saudiyadan deport qilindi

Jamiyat

image

Bundan uch yil avval Qirg‘iziston Respublikasining qalbaki pasporti bilan Umra safariga borgan ikki O‘zbekiston fuqarosi bu safar o‘zbekistonlik Umra ziyoratchilari qatorida Saudiya Arabistoniga borganida, mamlakatdan deport qilindi. Bu haqda Musulmonlar idorasi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, joriy Umra mavsumida Madina aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik ziyoratchi Saudiya Arabistoni Chegara xavfsizlik xizmati tomonidan to‘xtatib qolingan va ularda mamlakatga kirishga taqiq borligi aniqlangan.

Ular 2019 yilda Qirg‘iziston Respublikasining qalbaki pasporti bilan Umra safariga borgan. Saudiya Arabistonidan chiqish vaqtida mezbon davlat qonunlarini buzgani uchun ularga nisbatan mamlakat chegara xavfsizlik xizmati tomonidan ushbu davlatga kirish uchun 10 yil muddatga taqiq qo‘yilgan. Shu bois, ushbu fuqarolar Saudiya Arabistoniga kiritilmagan. 

Xabarda ta’kidlanishicha, ularni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq, Musulmonlar idorasi raisi – muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hozirgi kunda dunyo bo‘yicha Umra ziyoratiga boruvchilarning eng ko‘pini o‘zbekistonlik ziyoratchilar tashkil etayotganini aytib, mamlakatda umrachilar soni 10 ming nafarga yetganini ta’kidlagan hamda yana boradiganlar bo‘lsa, shuncha o‘rin yaratilishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, ikki yillik tanaffusdan so‘ng “Umra – 2022” mavsumi joriy yilning 22 yanvar kuni boshlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

843

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing