Ukrainaning sobiq prezidenti 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Olam
−
28 aprel 12585 2 daqiqa
Kiyev sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni chegaradan noqonuniy olib o‘tish va qochqinlikka undashda ayblab, 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Tegishli hukmni bugun, 28 aprel kuni sudya Lyudmila Kazmirenko e’lon qildi
“Podolsk okrug sudi sobiq prezident Viktor Yanukovichni chegaradan noqonuniy ravishda odamlarni olib o‘tish va dezertirga undaganlikda ayblab, o‘n besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Shuningdek, sud Prezident xavfsizlik xizmati rahbari bo‘lgan Konstantin Kobzarni ham o‘n yilga ozodlikdan mahrum qildi”, deydi bu ishda davlat ayblovini himoya qilgan Maydan ishlari bo‘yicha prokuror Denis Ivanov.
Ivanovning so‘zlariga ko‘ra, prokurorlar sudda Yanukovich va Kobzar uchun aynan shunday jazoni so‘ragan.
“Sud qo‘yilgan ayblovlar asosli va isbotlanganiga rozi bo‘lib, ularga maksimal darajada jazo tayinladi”, deydi prokuror hukmga izoh berib.
Tergov shuni isbotladiki, sobiq rahbar 2014 yil 23 fevralda Ukrainani noqonuniy tark etgan va uning yaqin atrofdagilar va xavfsizlik xodimlaridan yana kamida 20 kishini xorijga o‘tkazishni tashkil qilgan.
Qayd etilishicha, ularning barchasi uchta harbiy vertolyotda nazorat-o‘tkazish punktlaridan tashqarida uchgan. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, Yanukovich va uning sheriklari Krasnodar o‘lkasiga yo‘l olgan va u yerdan Anapaga uchib ketgan. Shundan so‘ng, tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Yanukovich Qrimdagi Gvardeyskoye harbiy aerodromiga qaytib, hamrohlari bilan kemada Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketgan. Avvalroq Yanukovichning o‘g‘li Aleksandr Rossiya fuqaroligini olgani ma’lum bo‘lgan edi.
2019 yil yanvarida Yanukovich Ukrainada davlatga xiyonat va tajovuzkor urush olib borishga yordam berganlikda ayblanib, sudlangan edi. U 13 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Bu Viktor Yanukovich uchun birinchi hukm emas. 2019 yilda u davlatga xiyonatda ayblanib, sirtdan 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 2022 yilda Ukraina sudi Yanukovichning mulkini davlat foydasiga musodara qildi.
Live
Barchasi