Ukrainalik sobiq futbolchi urushda halok bo‘ldi
Sport
−
14:22 413 1 daqiqa
Ukraina terma jamoasining sobiq futbolchisi Roman Maksimyuk urushda halok bo‘ldi. Bu haqda sportchining rafiqasi Veraga tayanib, Ukrainaning UNIAN xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 2025 yilning yanvar oyidan beri 50 yoshli Maksimyuk bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida bo‘lgan. Sobiq futbolchi Ukraina Qurolli kuchlarining 25-brigadasida xizmat qilgan va Donetsk Xalq Respublikasidagi (DXR) Krasnoarmeysk (Pokrovsk) yaqinida bedarak yo‘qolgan.

1998–1999 yillarda Maksimyuk Sankt-Peterburgning “Zenit” klubida o‘ynab, Rossiya kubogi sohibiga aylangan. U, shuningdek, Kiyevning “Dinamo”, Dnepropetrovskning “Dnepr”, Lutskning “Volin”, Odessaning “Chernomorets” va Qozog‘istonning “Atirau” hamda “Kazaxmis” klublarida to‘p surgan.

Ukraina terma jamoasi tarkibida Maksimyuk 1998 yildan 2002 yilgacha beshta o‘yin o‘tkazgan va 2011 yilda 37 yoshida sportdagi faoliyatini yakunlagan.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr