Ukrainada kim prezident bo‘lishini Tramp belgilamasligi kerak – Lukashenko

Olam

−

image

Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni almashtirish zarurligi haqidagi bayonoti yuzasidan o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi.

Jurnalistlar bilan suhbatda Lukashenko Oq uy rahbarining so‘zlariga izoh bergan.

“Mendan siyosatchi sifatida javob olmoqchimisiz yoki mazmunan? Agar mazmunan bo‘lsa, bu mening fikrim – bu Trampning muammosi emas. Ukrainada kim prezident bo‘lishini Ukraina xalqi hal qiladi”, deydi Lukashenko.

Belarus rezidenti, shuningdek, Vladimir Zelenskiy ham o‘z va’dalarini bajarishi kerakligini ta’kidlagan. Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy o‘z vaqtida davlat rahbari lavozimida bir muddat qolishga va’da bergan.

“Saylovga borish kerak. Bu borada Tramp haq: va’da berdingmi, bajarish kerak. Lekin faqat belgilash kerak emas. Tramp Ukraina qanday yo‘l tutishini belgilamasligi lozim”, deb qayd etgan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy rahbari Donald Tramp Vladimir Zelenskiyni keskin tanqid qilib, Ukraina kelishuvlar tuzishga qodir bo‘lgan yangi yetakchi topishi kerakligini aytgan edi.

Keyinroq OAV Ukrainaning yangi prezidenti lavozimiga to‘rtta nomzod nomini keltirdi.

Zelenskiyning o‘zi esa, agar Rossiya 60 kunlik to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lsa, prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Bunga javoban Kreml Zelenskiyning Ukrainada saylovlar o‘tkazish uchun ikki oylik sulh tuzish haqidagi taklifini rad etdi.

Yaqinda esa Vladimir Zelenskiy iste’foga chiqish niyati yo‘qligini aytdi va hozirda saylovlar o‘tkazish imkoniyati haqida fikr bildirdi.
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask ham o‘tgan kunlarda Zelenskiy Ukraina Prezidenti lavozimini tark etishi kerakligini ta’kidladi.
Tramp “Newsmax” bilan bo‘lgan so‘nggi intervyusida yana bir bor Ukraina Prezidentini keskin tanqid ostiga oldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing