Ukraina hukumati binosi dron hujumidan zarar ko‘rdi

Olam

image

Kiyevdagi Ukraina hukumati binosi Rossiyaning Ukrainaga agressiyasi boshlanganidan beri birinchi marta dushman hujumidan zarar ko‘rdi. Bu haqda kecha, 7 sentyabr kuni Ukraina Bosh vaziri Yuliya Sviridenko xabar berdi.

U urib tushirilgan Rossiya uchuvchisiz uchog‘i qulaganidan so‘ng Ukraina hukumati binosining yuqori qavatlarida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlarini aks ettiruvchi fotosuratlarni chop etdi. Keyinroq Rada deputati Yaroslav Jeleznyakning aniqlik kiritishicha, hukumat binosining yuqori qavatida Bosh vazirning idorasi va Ukraina hukumatining majlislar zali joylashgan. Kiyevdagi hukumat binosidagi yong‘in vertolyot yordamida o‘chirilgan.

Kiyev meri Vitaliy Klichko Telegramʻda Rossiya aviatsiyasining shaharga hujumining boshqa oqibatlari haqida ma’lum qildi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, havo hujumida uch kishi halok bo‘lgan: Svyatoshinskiy tumanida yosh ayol va bir yoshga to‘lmagan go‘dak, Darnitskiy tumanidagi boshpanada bir keksa ayol halok bo‘lgan. Rossiya havo hujumining Ukraina poytaxti zarbasi oqibatida jami 17 kishi jabrlangan. Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, ulardan yetti nafari shifoxonaga yotqizilgan. Svyatoshinskiy tumanida urib tushirilgan uchuvchisiz samolyotning qoldiqlari bolalar bog‘chasi yaqinidagi ochiq maydonga borib tushgan.

Ukrainaning boshqa shahar va viloyatlari rasmiylari ham Rossiya hujumlari oqibatlari haqida xabar berdi. Masalan, Kremenchug meri Vitaliy Maletskiy Dnepr bo‘ylab ko‘prik shikastlangani haqida xabar berdi.

“Biz hozir vayronagarchilik ko‘lami va undan keyingi foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha ekspertlarning xulosasini kutmoqdamiz. Hozirda ko‘prikda harakat imkonsiz – u to‘sib qo‘yilgan”, deydi rasmiy.

Bundan tashqari, Maletskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Kremenchugdagi hujumi ofibatida elektr energiyasi qisman uzilgan.

Krivoy Rog shahar harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Vikulning yozishicha, shahar Shahed dronlari, shuningdek, qanotli raketalar tomonidan ommaviy hujumga uchragan. Uch kishi yaralanib, shifoxonaga yetkazilgan. Shuningdek, shahar va transport infratuzilmasi ob’ektlari, bitta korxona, bitta ta’lim muassasasi, 10 ga yaqin ko‘p qavatli uylar, xususiy uylar, garajlar zarar ko‘rgan.

Odessa viloyati harbiy boshqarmasi rahbari Oleg Kiper ham fuqarolik infratuzilmasi va uy-joy qurilishiga zarar yetganini ma’lum qildi. Shaharda bir necha yong‘in sodir bo‘lgan, jumladan, ko‘p qavatli uylarda.

O‘z navbatida, Zaporoje viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Federov “Zaporojyadagi korxonalardan biriga” kamida sakkizta Shahed dronlari yordamida hujum qilingani haqida xabar berdi.

“Korxona vayron bo‘ldi, xayriyatki, hech kim jabrlanmadi”, dedi rasmiy.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing