Ukraina sobiq prezidentga qarshi sanksiya joriy qildi

Olam

image

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi Oliy Rada deputati va Ukrainaning beshinchi prezidenti Pyotr Poroshenkoga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.

Sanksiyalar Ukraina Prezidentining farmoni imzolanganidan keyin kuchga kiradi.

Prezident Vladimir Zelenskiy kecha, 12 fevral kuni kechki videomurojaatda Rada yig‘ilishidan so‘ng Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi tomonidan sanksiya qo‘llanilishini e’lon qildi va ism-shariflarni aytmadi.

“Biz davlatimizni himoya qilamiz va adolatni tiklaymiz: Ukraina milliy xavfsizligini buzgan va Rossiyaga yordam bergan har bir kishi javobgarlikka tortilishi kerak. Ukrainani, Ukraina manfaatlarini, Ukraina xavfsizligini sotish orqali ishlab topilgan milliardlab pullar bloklanishi va Ukraina va ukrainaliklarni himoya qilish uchun ishlashi kerak. Va shunday bo‘ladi. Bu majburiy”, dedi Prezident.

Sanksiyalar ro‘yxatiga “odatda oligarxlar deb ataladigan yirik biznes vakillari” kiritilgan.

Pyotr Poroshenko X ijtimoiy tarmog‘ida o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar haqidagi xabarga javob qaytardi.

“Bu menga yangilik sifatida kelmadi. Menda bu provokatsiyaga tayyorgarlik bo‘yicha barcha ma’lumotlar bor edi, lekin oxirigacha sog‘lom fikr g‘alaba qozonishiga ishonardim. Ammo nosog‘lom g‘alaba qozondi”, deb yozgan Poroshenko.

U bu qarorni konstitutsiyaga zid va siyosiy asosli deb atadi. Poroshenko mamlakat Prezidenti Zelenskiyni sodir bo‘lgan voqealarda ayblab, bu qarorning salbiy oqibatlari uchun javobgarlikni o‘ziga yukladi.

Sobiq prezident yevropacha demokratik Ukraina uchun kurashni davom ettirishiga ishontirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing