Ukraina Rossiyaning eng yirik neft terminaliga hujum qildi

Olam

image

Ukraina Rossiyaning Leningrad viloyatidagi eng yirik neft terminallaridan biriga hujum qildi. Bu haqda “Neftegaz.ru” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ukraina Mudofaa kuchlari Rossiyaning Leningrad viloyatning Primorsk shahridagi dengiz neft terminaliga hujum qilgan. Bu mamlakatning asosiy eksport markazlaridan biri hisoblanib, hujum oqibatida yoqilg‘i bakiga zarar yetgan va yong‘in sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, port xodimlari evakuatsiya qilingan hamda favqulodda xizmatlar voqea joyiga yetib kelib yong‘inni o‘chirgan.

Mahalliy hokimiyat hujumni tasdiqlagan. Leningrad viloyati gubernatorining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya havo mudofaasi va elektron urush tizimlari hujum boshlanganidan beri mintaqada 35 ta dronni yo‘q qilgan.

Primorskdagi port Rossiya iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, uning quvur tizimining quvvati yiliga 75 million tonna neftga yetishi  aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina neft' terminali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing