Ukraina Rossiya bilan Qrim bo‘yicha muzokara o‘tkazadi, agar…
Olam
−
06 aprel 2023 20615 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning maslahatchisi Andrey Sibixa agar Ukraina qo‘shinlari Qrim yarim oroli chegarasiga yaqinlashsa, Kiyev Moskva bilan Qrim taqdirini muhokama qilishga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda “Financial Times” gazetasi xabar berdi.
“Agar biz jang maydonida o‘z strategik maqsadlarimizga erisha olsak va Qrim bilan ma’muriy chegarada bo‘lsak, bu masalani muhokama qilish uchun diplomatik sahifa ochishga tayyor bo‘lamiz. Bu bizning armiyamiz Qrimni ozod qilish variantini istisno qilamiz degani emas”, degan Sibixa.
Uning aytishicha, Ukraina Prezidenti so‘nggi paytlarda yordamchilari bilan Qrim taqdiriga bog‘liq masalalarni aniqroq muhokama qilmoqda, chunki Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujum boshlanishiga yaqinlashmoqda.
Zelenskiy o‘tgan yozda Qrimni “har qanday yo‘l bilan” qaytarishga tayyorligi haqida gapirgan va Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov bu harbiy kuch va diplomatiya bilan birgalikda sodir bo‘lishini tan olgan. Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak esa kecha, 5 aprel kuni uning mamlakati Qrimni 5-7 oy ichida qo‘lga kiritishi mumkinligini aytgan. Uning fikricha, Rossiyada Qrim, Donetsk va Luganskni saqlab qolish uchun mablag‘ yo‘q.
Ma’lumot uchun, Rossiya Qrimni to‘qqiz yil avval, 2014 yilning bahorida referendum natijasida anneksiya qilgan edi. Ukraina, AQSH, Xitoy va dunyoning boshqa aksariyat davlatlarida ovoz berish natijalari tan olinmagandi.
Live
Barchasi