O‘qituvchi sifatli dars o‘tish emas, “ko‘proq soat olish” dardida – Mirziyoyev o‘qituvchilarni birinchi marta tanqid qildi

Jamiyat

image

O‘qituvchi sifatli dars o‘tishga emas, “ko‘proq soat olish”ga intiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi. Qayd etish kerakki, Prezident birinchi bor o‘qituvchilarni bu tarzda keskin tanqid qilmoqda. 

Yig‘ilishda Prezident maktablardagi ta’lim sifati va mazmuniga keskin baho bergan.

Xususan, foydalanib kelinayotgan ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari faqatgina nazariy bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularni mantiqiy fikrlashga, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, bir so‘z bilan aytganda, ularni hayotga tayyorlashga o‘rgatmayotgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, bugungi kunda 504 ming pedagogdan 12 foizi o‘rta maxsus ma’lumotli, 38 foizida esa umuman malaka toifasi yo‘qligi urg‘ulangan. 

"Bu pedagoglarning dars o‘tish mahorati yetarli emas. Ular o‘quvchilarga faqatgina o‘zi "chala bilgan” narsalarni o‘rgata oladi, xolos. Sababi, o‘qituvchilarning o‘zining ustida mustaqil ishlash va rag‘batlantirishning samarali tizimi yaratilmagan. O‘qituvchi sifatli dars o‘tishga emas, “ko‘proq soat olish”ga intiladi", deydi Prezident.

Ta’kidlanishicha, maktablarda hanuzgacha 200 dan ortiq hisobot mavjud, o‘qitish, tadbirlar o‘tkazish kabi barcha jarayonlar “haddan tashqari qolipga solingan”.

Davlat rahbari, shuningdek, bugungi ta’lim tizimiga qanday rahbarlar kerakligini ham aytib o‘tdi. 

“Bizga sifatli ta’lim tizimi, zamon talablariga javob beradigan va barcha shart-sharoitlarga ega maktablar, ularda malakali pedagog-kadrlar, boshqaruvchilik va liderlik qobiliyatiga ega maktab direktorlari kerak”. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

782

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing