O‘g‘lining vafoti sababli Ronaldu “Liverpul”ga qarshi o‘ynamaydigan bo‘ldi

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqinda tug‘ilgan o‘g‘li vafot etgani sababli APLning 30-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda “Manchester Yunayted” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

“Oila eng muhimi va Krishtianu Ronaldu ushbu o‘ta og‘ir damlarda o‘z yaqinlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shunday qilib, Ronaldu “Enfild”da “Liverpul”ga qarshi o‘ynamasligini tasdiqlashimiz mumkin. Krishtianu klubdagi barcha ruhan sen bilan birga va oilangga hamdardlik bildiradi”, deyilgan “qizil iblislar”ning rasmiy bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” “Manchester Yunayted” uchrashuvi bugun, 19 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da  "Enfild" stadionida boshlanadi. Ayni damda “Manchester Yunayted” 54 ochko bilan APL jadvalining 5-o‘rinida joylashgan, “Liverpul” esa 73 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov

 

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

174

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing