O‘FA faxriylar kengashi raisi vafot etdi
Sport
−
08 noyabr 6691 1 daqiqa
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi faxriylar kengashi raisi, O‘FA Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, Murabbiylar kengashi a’zosi, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" To‘lagan Isoqov vafot etdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
To‘lagan Isoqov o‘z umrini futbolga bag‘ishlagan. U futbolchi sifatida “Paxtakor” jamoasi sharafini 13 mavsum davomida munosib himoya qilgan, 252 o‘yinda maydonga tushib, darvozaga 52 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, To‘lagan Isoqov murabbiylik faoliyatini “Shahrixonchi” jamoasida boshlagan. Bir necha yil futbol maktabi direktori bo‘lgan, Toshkent viloyati sport qo‘mitasida ishlagan va 1989 yilda Viktor Nosov “Paxtakor“ jamoasi murabbiyligini tark etganidan so‘ng klubga bosh murabbiy bo‘lgan. Isoqov murabbiylik faoliyati davomida “Paxtakor”, “Zarafshon” va “Surxon” jamoalarini boshqargan. 2020 yildan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi faxriylar kengashi raisi etib saylangan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bunyodkor” klubining tojikistonlik yordamchi murabbiyi, sobiq futbolchi Sergey Arslonov vafot etgan edi.
Live
Barchasi