UEFA Infantinoga qarshi tergov boshlashi mumkin

Sport

image

Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) FIFA prezidenti Janni Infantino faoliyati yuzasidan tergov boshlashi mumkin. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.

Tergov Infantinoning ehtimoliy ma’shuqasiga to‘lov amalga oshirilgani haqidagi xabarlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Avvalroq, UEFA Infantino tashkilot bosh kotibi bo‘lgan paytda u bilan ishqiy munosabatlarga kirishgan xodimga olti xonali kompensatsiya to‘lagani haqida xabar bergan edi.

Manbaga ko‘ra, tergov Infantinoning UEFA’dagi 16 yillik faoliyatini – 2000 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.

Infantino 2009-2016 yillarda UEFA bosh kotibi lavozimida ishlagan. Keyinchalik u FIFA prezidenti etib saylangan va ikki marta raqibsiz qayta saylangan.

Ma’lumot uchun, Infantino 2001 yilda turmush qurgan va hozirda to‘rt nafar farzandi bor.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing