Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Turkmanistonda turmushga chiqmagan ayollarga sariq ro‘mol o‘rash buyurildi – OAV

Olam

image

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida turmushga chiqmagan ayollarga ish joyida sariq ro‘mol o‘rashga buyruq berildi. Bu haqda “Ozodlik radiosi”ning turkman xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu talab mart oyining boshida, turmushga chiqqan turkman ayollarining ishga sariq ko‘ylakda borishi haqidagi buyruq bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Tashkilotlar rahbariyati o‘z qo‘l ostidagilariga yangi qoidalarni joriy qilish sabablarini tushuntira olmagani, faqat “yuqoridan bo‘lgan” ko‘rsatmalarga ishora qilgani va bajarilmagani uchun ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilgani ta’kidlanmoqda.

“Bu talab qonunan qo‘llab-quvvatlanmasa-da, Turkmaniston fuqarolari uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan ko‘plab norasmiy qoidalardan biridir”, deyiladi xabarda.

Karlov universitetining Markaziy Osiyo bo‘yicha eksperti Slavomir Xorak nashrga bergan intervyusida bunday “qoidalar” ko‘pincha faqat Prezident yoki uning oila a’zolarining buyruqlari yoki “tavsiyalariga” asoslanishini aytgan. Ekspertning fikricha, bunday estetik me’yorlar qisman sovet davridan meros bo‘lib, mamlakat birinchi prezidentining “injiqliklari” bilan bog‘liq bo‘lsa-da, “Berdimuhamedovlar sulolasi davrida eng yuqori darajaga chiqqan”.

Ma’lumot uchun, oldinroq turkman ayollariga kosmetika vositalaridan foydalanish, tor kiyim kiyish va sochini ochiq rangga bo‘yash taqiqlangani xabar qilingandi. OAV xabarlarida qayd etilishicha, 2025 yilning yanvar oyida Turkmaniston hukumati davlat bosma nashrlari ustidan nazoratni kuchaytirishga qaror qilgan. Davlat xizmatchilari va talabalarga mamlakat Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va uning oila a’zolarining suratlari tushirilgan “gazeta sahifalarini noloyiq joylarga tashlamaslik” buyurildi. Taqiqni buzganlik uchun, masalan, gazetalarni qadoqlash, olov yoqish yoki hojatxona qog‘ozi sifatida ishlatgani uchun fuqarolar ishdan bo‘shatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mamlakatdagi ayollarga 60 manat (220 ming 549 so‘m) pul berishni buyurgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston sariq ro'mol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing