Turkiyada yangi avtomobil olgan 4 millionga yaqin fuqaro tekshiriladi
Olam
−
17 iyun 3042 3 daqiqa
Turkiya Xazina va moliya vazirligi 2021–2024 yillar oralig‘ida nol kilometrli (yangi) avtomobil xarid qilgan fuqarolarga rasmiy xatlar yubora boshladi. Bu haqda NTV xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘lma-qo‘l olingan mablag‘lar bilan bog‘liq holatlar sababli Soliq nazorati kengashi tekshiruv boshlagan. Kengash 2021–2024 yillar oralig‘ida avtomobil sotib olgan fuqarolarga xat yuborib, qo‘lma-qo‘l to‘langan mablag‘lar, qo‘shimcha aksessuarlar va boshqa xizmatlar bo‘yicha tushuntirish talab qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu davrda mamlakat bo‘ylab qariyb 4 millionta avtomobil sotilgan.
Manbaga ko‘ra, fuqarolardan avtomobil qanday qiymatda xarid qilingani, to‘lov qay tarzda amalga oshirilgani (bank, PTT, pul o‘tkazmasi, EFT, naqd pul, bank kartasi va boshqalar orqali) haqida ma’lumot berish talab etilmoqda.
Shuningdek, barcha to‘lovlarga oid hujjatlar – bank cheklari, kvitansiyalar, EFT va pul o‘tkazmalari bo‘yicha ma’lumotlar, karta terminali cheklari kabi hujjatlarni taqdim etish so‘ralgan. Agar to‘lov naqd shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu ham alohida ko‘rsatilishi kerak.
Bildirilishicha, tekshiruv davomida avtomobil bilan birga yon pog‘ona, parkovka sensori, tuman chiroqlari, shamol to‘sqichlari, navigatsiya tizimi, pol qoplamalari, bo‘yoq himoyasi kabi qo‘shimcha jihozlar yoki xizmatlar xarid qilingan-qilinmagani ham aniqlanadi. Bunda xizmatlarni qaysi kompaniya bajargani, to‘lov qaysi tashkilotga amalga oshirilgani va mazkur ishlar uchun hisob-faktura rasmiylashtirilgan-rasmiylashtirilmagani haqida ma’lumot so‘ralmoqda.
Soliq nazorati kengashi yana bir masalaga oydinlik kiritishni talab qilgan. Unga ko‘ra, avtomobil topshirilgan vaqtda aksessuarlar mashinaga o‘rnatilgan bo‘lganmi yoki avtomobil ma’lum muddat foydalanilgandan keyin servis markazida qo‘shimcha o‘rnatilganmi – shu holatlar haqida ham ma’lumot berish lozim. Qayd etilishicha, tegishli fuqarolardan aksessuarlar uchun to‘langan mablag‘ qachon va qay tarzda to‘langani ham tekshiriladi.
Shu bilan birga, agar aksessuar, qo‘shimcha kafolat yoki sug‘urtadan tashqari avtomobil sotgan kompaniyaga boshqa to‘lovlar amalga oshirilgan bo‘lsa, ular haqidagi ma’lumotlar ham taqdim etilishi kerak.
Vazirlikka ko‘ra, talab qilingan ma’lumotlar bo‘yicha batafsil va aniq javoblar imzolangan yozma shaklda, shuningdek, javob beruvchi shaxsning telefon raqami va shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan birga 15 kun ichida tegishli inspektorlik manziliga yuborilishi lozim.
Soliq nazorati kengashining so‘roviga belgilangan muddatda javob berilmasa, yoki noto‘liq va chalg‘ituvchi ma’lumotlar taqdim etilsa, ularga maxsus ma’muriy jarima qo‘llanadi va ma’lumotlarni qayta taqdim etish uchun yana bir muddat muhlat beriladi. Agar ikkinchi marta ham ma’lumot taqdim etilmasa yoki yana noto‘g‘ri ma’lumot berilsa, maxsus jarima miqdori ikki barobar oshirilishi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya tovar ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida Armaniston bilan quruqlikdagi chegaralarini ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust