SSKA kuchli uchlikka kirish uchun kurashadi – Fayzullayev

Sport

image

Moskvaning SSKA va O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev jamoasining taktik o‘zgarishi va yangi pozitsiyasiga baho berib, “armiyachilar”ning mavsumning ikkinchi qismidagi rejalari haqida intervyu berdi. 

“Qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari har doim qiyin, chunki stresslar ko‘p, mashg‘ulotlar ham qiyinroq. Mavsumga tayyorgarlik ko‘ryapmiz, o‘ylaymanki, biz uchun hammasi yaxshi ketmoqda. Biz yangi sxemaga o‘tdik, hozir shu bo‘yicha mashg‘ulot o‘tayapmiz. Bu biroz vaqt oladi. O‘ylaymanki, chempionatda hammasi yaxshi bo‘ladi”, deydi Fayzullayev.

Shuningdek, Fayzullayev jamoasidagi yangi pozitsiyasi va SSKAning chempionlik kurashidagi imkoniyatlariga to‘xtaldi.

“Bu pozitsiyada yuz foiz o‘yinimni ko‘rsatishga harakat qilaman. Hozir murabbiy meni sakkizlikka qo‘yadi. Bu pozitsiyada o‘zimni yaxshi his qilyapman. Hozir yaxshi o‘yin ko‘rsatyapmiz. O‘ylaymanki, mavsum yakuniga qadar kuchli uchlikka kiramiz”, deydi Fayzullayev.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli Fayzullayevning Moskva klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsum u klub safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”da Fayzullayevning qiymati 8 million yevroga baholangan va Fayzullayev O‘zbekistonning eng qimmat ikkinchi futbolchisi sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing