Tramp JCH-2026’da Falastinni qo‘llovchi namoyishlarga ruxsat berdi

Sport

image

2026 yilda AQSHda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati davomida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi ehtimoliy norozilik namoyishlariga to‘sqinlik qilinmaydi. Bu haqda kecha, 7 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino bilan Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Tramp bu boradagi savolga javob berar ekan, 2026-yilgi Jahon chempionati chog‘ida AQSHda Falastin tarafdori bo‘lgan namoyishlar o‘tkazishga ruxsat berilishini ta’kidlagan.

“Odamlar norozilik bildirish huquqiga ega. Ammo bu aql bilan, tartibli tarzda amalga oshirilishi kerak”, degan u.

Ma’lumot uchun, FIFAning 2026-yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika hududida bo‘lib o‘tadi. AQSHga musobaqani tomosha qilish uchun 8 milliondan ortiq muxlis tashrif buyurishi kutilmoqda.

Esaltib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp va Janni Infantino Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiyaning xalqaro futbol musobaqalari, jumladan, bo‘lajak 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishini taqiqlash masalasini muhokama qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Falastin JCh-2026

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing