Tramp shu oyda Putin bilan uchrashishi mumkin

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp may oyi o‘rtalarida Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Bu haqla u kecha, 4 may kuni Oq uyning janubiy maysazorida jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.

Jurnalistlar davlat rahbaridan rejalashtirilgan safari davomida rossiyalik mavqedoshi bilan uchrashish niyati bor-yo‘qligi haqida so‘radi.

“Bilmayman, biz bu haqda o‘ylashimiz kerak, lekin men bu haqda o‘ylamaganman. Tez orada Saudiya Arabistoniga boramiz”, deb javob berdi AQSH Prezidenti.

Avvalroq Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus Ukraina inqirozini hal qilishda Rossiya va AQSH yetakchilari o‘rtasida muloqot zarurligini aytgan edi.

Putin va Tramp 18 mart kuni telefon orqali muloqot o‘tkazgan, unda ular Ukraina mojarosida 30 kunlik otashkesim, keskinlashuvning oldini olish shartlari va bir qator xalqaro masalalarni muhokama qilgan.

Rossiya yetakchisi Trampning Ukrainadagi mojaro tomonlariga energetika infratuzilmasi ob’ektlariga zarba berishdan o‘zaro tiyilish haqidagi taklifiga rozi bo‘lgan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov CBS telekanaliga bergan intervyusida Putin va Tramp uchrashuvining mumkin bo‘lgan sanasi va joyi haqidagi savolga javob berar ekan, davlat rahbarlari “o‘z rejasi va jadvalining ustasi” ekanini ta’kidladi.

Tramp avvalroq Rossiya rahbari bilan 13-16 may kunlari Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAga qiladigan Yaqin Sharq safari ortidan uchrashishni taklif qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing