Tramp prezidentlikka yana nomzodini qo‘yish haqida gapirdi
Olam
−
18 fevral 2021 4661 1 daqiqa
AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp yana prezidentlikka nomzodini qo‘yish rejalarini muhokama qilishga hali tayyor emasligini aytdi. Bu haqda "NewsMax" telekanali xabar bergan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda uni qo‘llab-quvvatlayotganlar soni 2020 yilgi saylov kampaniyasidagiga qaraganda ko‘proq.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba demokrat Jo Baydenga nasib etgandi.
"Men hali bu haqda gapirmas edim, ammo bizni qo‘llab-quvvatlovchilar ko‘p", degan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Donald Trampga nisbatan ochilgan ikkinchi impichment ishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Senatdagi ovoz berishda ayblov yetarlicha ovoz olmadi va Tramp oqlandi.
Live
Barchasi