Tramp Orbanni Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirishga ko‘ndirdi – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni Ukrainani Yevroittifoqqa qo‘shilishi masalasidagi qarashlarini o‘zgartirishga ko‘ndirdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Politico” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, yaqin kunlarda yoki haftalarda Ukraina va Moldova uchun Yevropa Ittifoqiga a’zolik bo‘yicha muzokaralar ochilishi mumkin. Orban bunga qadar Ukrainani YeIga qabul qilishga qat’iy qarshi chiqib kelgan.

Ikki nafar yevropalik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Budapeshtga nisbatan bosim kuchayayotgani sababli Ukraina masalasida ijobiy qaror yaqin oylar ichida qabul qilinishi ehtimoldan xoli emas. 

“Ukraina va Moldovaning nomzod sifatidagi o‘z afzalliklari bor. Bryusselda qarorlar faqat yakdillik asosida qabul qilinadi va biz shu tamoyillarga amal qilishimiz kerak”, degan manbalardan biri. 

Shu bilan birga, Viktor Orban ilgari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni “Drujba” neft quvuri haqida aytgan gaplariga javoban ochiqdan-ochiq “Vengriyaga tahdid qilganlikda” ayblab, “Ukraina shantaj, portlash va tahdidlar orqali Yevroittifoqqa kira olmaydi”, degan edi.

Avvalroq “Bloomberg” nashri ham Trampning Orban bilan telefon orqali muloqot qilgani, unda Yevropa Ittifoqqa a’zolik masalasida Budapeshtning qarshiligini muhokama qilganini xabar qilgandi. Yevropa yetakchilari Trampdan Orban pozitsiyasini yumshatishda yordam berishni so‘ragan.

Orban esa Ukrainani YeIga qo‘shilishiga qarshi chiqib, buning sabablarini “aniq chegaralarning yo‘qligi, ishlaydigan iqtisodiyot va real suverenitetning mavjud emasligi” bilan izohlagan. Unga ko‘ra, aprel–iyun oylarida o‘tkazilgan referendumda qatnashgan vengerlarning 95 foizi ham Ukraina a’zoligiga qarshi ovoz bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanga yozgan maktubida Ukrainaning “Drujba” neft quvuriga qilgan zarbalaridan juda g‘azablanganini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Viktor Orban Evroittifoq Budapesht

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing