Kurs UZS

USD

12 973.31

12.93

EUR

14 329.02

176.29

RUB

151.19

-0.73

Tramp Netanyaxudan so‘ng Isibani ham Oq uyda kutyapti 

Olam

image

Kecha, 31 yanvar kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isiba kelasi hafta AQSHga tashrif buyurishini va u bilan uchrashishni intiqlik bilan kutayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tramp Isibaning tashrifi tafsilotlarini, jumladan, uchrashuv sanasini oshkor qilmagan. Ammo nashr manbalariga ko‘ra, Yaponiya Bosh vaziri joriy yilning 7 fevral kuni Vashingtonda Tramp bilan birinchi yuzma-yuz sammitini o‘tkazadi. Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik, tahdidlarni oldini olish va ularga javob qaytarish qobiliyatlari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Nashrga ko‘ra, Isiba va Tramp mintaqadagi xavfsizlik muhitining tobora murakkablashib borayotganini muhokama qilishi kutilmoqda. Ayniqsa, Shimoliy Koreya tomonidan amalga oshirilayotgan ballistik raketa sinovlari kun tartibida bo‘ladi. Shuningdek, Isiba Trampga Yaponiya mudofaa byudjetining sezilarli darajada oshirilayotganini tushuntiradi. Yaponiyalik rasmiylarning aytishicha, Isiba AQSH iqtisodiyotida yapon kompaniyalari muhim rol o‘ynayotgani haqida Trampga ta’kidlab o‘tishi ham mumkin.

“Men Yaponiyaga katta hurmat bilan qarayman. Yaponiyani yoqtiraman”, deydi Tramp Oq uyda jurnalistlarga.

Biroq Tramp Yaponiya Bosh vazirining ismini aniq tilga olmagan. Buning o‘rniga u “Bosh vazir (Sindzo) Abe men uchun juda yaqin do‘st edi. Uning boshiga tushgan ish juda achinarli va hayotimdagi eng qayg‘uli kunlardan biri bo‘ldi” kabi so‘zlarni ishlatgan. Ma’lumki, Abe 2020 yilda sog‘lig‘i sababli iste’foga chiqqan edi, biroq ikki yil o‘tib, saylov kampaniyasi paytida otib o‘ldirilgan.

Isibaning Tramp bilan bo‘ladigan uchrashuvi Trampning 20 yanvar kuni ikkinchi muddati uchun prezidentlikka kirishganidan beri xorijiy yetakchilar bilan o‘tkazadigan ikkinchi uchrashuvi bo‘ladi. Bungacha Tramp 6 fevral kuni Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan muzokara o‘tkazishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Yaponiya Netan'yaxu Isiba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing