Tramp hammani aldadimi? Hindiston u Modi bilan gaplashganidan bexabar

Olam

image

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lganini bilmaydi. Bu haqda vazirlikning rasmiy vakili Randhir Jaysval brifingda so‘z ochdi.

Avvalroq, Tramp Modi unga Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishga tayyor ekanini bildirganini aytgan edi. AQSH Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Hindiston Rossiya neftini xarid qilmasa, vaziyat ancha yengillashadi. Tramp, shuningdek, Xitoy ham shunday qadam tashlashi kerakligini ta’kidlagan.

Jaysvalning so‘zlariga ko‘ra, Tashqi ishlari vazirligining 15 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan ikki davlat yetakchilari orasidagi suhbatdan umuman xabari yo‘q. 

“Bosh vazir Modi va Prezident Tramp o‘rtasida suhbat yoki telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘ldimi, degan savolga kelsak, ikki yetakchi o‘rtasida kecha bo‘lib o‘tgan muloqot haqida bizga hech narsa ma’lum emas”, degan diplomat. 

OAVga ko‘ra, Tramp hammani birvarakayiga aldagan bo‘lishi, Hindiston va AQSH o‘rtasida hech qanday kelishuv ham bo‘lmasligi mumkin, ammo ba’zi nashrlar buni “Hindistonning puxta rejasi” deya baholamoqda. Tanganing ikki tomoni bo‘lgani kabi yetakchilar o‘rtasidagi suhbat sirli va yashirincha bo‘lgan, degan tahminlar ham yo‘q emas.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Hindiston Narendra Modi Amerika Qo'shma Shtatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing