Tojikistonning qo‘shnilariga elektr sotishdan olgan foydasi ko‘paydi

Olam

image

Tojikistonning elektr energiyasi eksportidan olgan daromadi joriy yilda 1,8 barobarga oshdi. Joriy yilning 11 oyida respublika qo‘shni davlatlarga elektr energiyasi yetkazib berish orqali 93,5 million dollardan ortiq daromad qilgan.

Qayd etilishicha, elektr energiyasi eksporti hajmi 2020 yilning shu davriga nisbatan 1,8 barobarga (40,5 million dollardan ortiq) oshgan.

Ayni paytda energetika sektori qo‘shni davlatlarga elektr energiyasi yetkazib berish hajmi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmagan. Faqat Afg‘oniston va O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berilganini qayd etgan.

Tojikistonda so‘nggi 11 oyda jami 18,7 mlrd kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarilgan, bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 5,7 foizga ko‘p.

Ma’lumot o‘rnida, “Barqi Tojik” OAJ Afg‘oniston va O‘zbekiston elektr energetika kompaniyalari bilan elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Kelishuvga ko‘ra, bahor-yoz mavsumida O‘zbekiston va Afg‘onistonga 3 milliard kVt/soat elektr energiyasi eksport qilinishi rejalashtirilgan bo‘lgan.

Tojikiston davlat energetika xoldingi ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonga elektr energiyasi ikkita elektr uzatish liniyasi - 110 kV va 220 kV orqali eksport qilinadi. 110 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari orqali yetkazib beriladigan elektr energiyasining narxi bir kilovatt uchun 3 sentni, 220 kV uchun esa 4,5 sentni, yillik o‘sish 3 foizni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing