Tojikiston o‘z hududida Rossiya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda
Olam
−
15 aprel
4360Rossiya va Tojikiston Qurolli kuchlarining qo‘shma ikki tomonlama o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Mashg‘ulotlarning ochilish marosimi Tojikistonning Xatlon viloyatidagi Xarb-Maydon tog‘-cho‘l poligonida bo‘lib o‘tgan. Ikki tomonlama qo‘shma mashg‘ulotlar 15-18 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
“O‘quv mashg‘ulotlari davomida ikki davlat harbiy kontingenti terroristik to‘dalarni yo‘q qilish uchun Qurolli Kuchlardan foydalanishni tashkil etish, tog‘li yerlarda belgilangan vazifalarni bajarish uchun o‘quv bo‘linmalarini tayyorlash, shuningdek, davlat chegarasini qoplagan holda bo‘linmalarni nazorat qilish va bostirib kirgan noqonuniy qurolli guruhlarni yo‘q qilishni mashq qiladi”, deyiladi xabarda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiy kontingentining asosini Markaziy harbiy okrugning 201-sonli Rossiya harbiy bazasi bo‘linmalari – tog‘, motorli miltiq, tank, artilleriya, razvedka bo‘linmalari, shuningdek, Mi-24 hujum vertolyotlari va Mi-8MTV5-1 transport va jangovar vertolyotlarda aviatsiya guruhi ekipajlari tashkil etadi. Bundan tashqari, mashg‘ulotlarga radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik himoya, uchuvchisiz samolyotlar va mobil elektron urush guruhlari mutaxassislari jalb etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon joriy yilning iyul oyida “Bіrlestіk-2024” qo‘shma tezkor-taktik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishi aytilgandi.
LiveBarchasi