Toshkentning yana bir ko‘chasi 1 oydan ko‘p vaqtga yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining ma’lum bir qismi 1 oydan ko‘p vaqtgacha yopiq bo‘ladi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi 7/24 ko‘chaga aylanayotgani, ko‘chaning infratuzilmasi o‘zgarib, aholiga, yo‘lovchilarga va shaharsozlik normalariga to‘la mos tushadigan maskanga o‘zgarayotgani munosabati bilan joriy yilning 24 aprel kunidan 30 may kuniga qadar ko‘chaning Yahyo G‘ulomov ko‘chasi bilan kesishmasidan Shahrisabz ko‘chasiga qadar bo‘lgan qismi vaqtincha avtoulovlar harakati uchun yopiladi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 aprel kunidan boshlab Toshkent shahrining Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasidagi Olimpiya shaharchasi hududi atrofi deyarli besh oyga yopildi. Bunga shaharcha hududi atrofida yerosti tunneli qurilishining boshlanishi sabab qilib ko‘rsatildi. Shuningdek, ushbu sanadan e’tiboran Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Turkqo‘rg‘on ko‘chasining bir qismi ham yopildi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mirzo Ulug'bek tumani O'zbekiston ovozi ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing