Toshkentdagi YTHda haydovchilar jarohatlandi

3-sahifa

image

Kecha, 18 oktyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 20:30 da Yunusobod tumanining Istiqlol-Zarafshon ko‘chalari chorrahasida, Matiz va Dongfeng rusumli avtomashinalar to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

YTH tufayli jarohatlangan avtomashina haydovchilariga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobus yo‘l-transport hodisasi sodir etib, ikki mashinaga to‘qnashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent YHXB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing