Toshkentdagi yana bir ko‘cha vaqtincha yopildi
Jamiyat
−
25 iyul 2025 3693 1 daqiqa
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi Beshqayrag‘och ko‘chasi kesishmasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish 3 kunga yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Shayxontohur tumanidagi qurilish-montaj ishlari sababli Kichik halqa avtomobil yo‘lining Beshqayrag‘och ko‘chasi kesishmasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi 25 iyul 15:00 dan 28 iyul 06:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.
“Ko‘rsatilgan davr mobaynida muqobil yo‘nalishlardan foydalanishingni tavsiya qilamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!” deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 19 iyul kunidan boshlab Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Obihayot ko‘chasida 19 iyul kunidan 18 avgustga qadar transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgandi.
Live
Barchasi