Toshkentdagi ko‘chaning bir qismi salkam bir oyga yopildi
Jamiyat
−
06 Oktabr 2426 1 daqiqa
Kecha, 5 oktyabr kunidan e’tiboran Toshkent shahridagi Maxtumquli ko‘chasining ko‘prikosti qismida avtomobil yo‘lining xarakatlanishi qisman cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent kichik halqa avtomobil yo‘lining (THAY) Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi ko‘prikosti qismida yo‘l infratuzilmasini yangilash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ushbu ko‘cha joriy yilning 1 noyabr kuniga qadar yopiq bo‘ladi.
Hokimlikka ko‘ra, 2025 yilning 1 noyabr kuniga qadar ishlar yakunlangach, yo‘l harakati to‘liq tiklanadi.
Live
Barchasi