Toshkentdagi qurilish ob’ektida yong‘in bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
04 may 2024 6772 1 daqiqa
Toshkent shahridagi “Modern Sergeli” qurilish ob’ektida yong‘in sodir bo‘ldi. Buni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ham tasdiqladi.
Qayd etilishicha, yong‘in ob’ektning eng oxirgi qavatida beton ishlari uchun qolip quyish joyida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, binoning konstruksiyasi va kolonnalariga zarar yetmagan.
Ma’lumot uchun, buyurtmachi tashkilot "Deko-Kron" MCHJ tomonidan qurilayotgan ob’ekt Sergeli tumani “Bunyodobod” MFY, Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 aprel kuni Samarqanddagi noturar joyda yong‘in yuz bergan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr