Toshkentda joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan qiz o‘zini poyezd ostiga tashladi

3-sahifa

image

Toshkentda “Yalang‘och” va “Salar” stansiyalarning oralig‘ida o‘z joniga qasd qilishga harakat qilgan qiz o‘zini poyezd ostiga tashladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda qiz shifoxonada. Tergov organlari tomonidan yuqoridagi holatlar bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 8 fevral kuni Toshkentning Yashnobod tumanida, tartibga solinmaydigan temir yo‘l kesishmalaridan birida teplovoz va Cobalt ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Oqibatda hech kim jabrlanmadi va hozirda yuz bergan hodisa tafsilotlari Toshkent shahar YHXB IIBB tomonidan o‘rganilmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 yanvar kuni Toshkent shahrida “selfi“ tushish maqsadida poyezd vagoni ustiga chiqqan 18 yoshli yigitni 27 ming volt tok urgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing